Aytish joizki, mazkur zamonaviy gaz hisoblagichlar bir qator imkoniyat va qulayliklari bilan ajralib turadi. Jumladan, ular bepul oʻrnatiladi. Maʼlumotni tezkor uzatishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Qolaversa, dispetcherlar monitor orqali umumiy holatni koʻrib, baholab borishadi. Favqulodda vaziyatlarga zudlik bilan javob qaytara oladi. Qolaversa, “aqlli” hisobdon gaz sizib chiqish kabi holatlar kuzatilgan taqdirda, isteʼmolchini avtomatik tarzda gaz tarmogʻidan uzadi.

Bundan tashqari, zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar “sotuvchi - xaridor” munosabatlari bilan bogʻliq ziddiyatli vaziyatlarning oldini oladi. Bular, oʻz navbatida,  qarzdorliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga xizmat qilyapti. Joriy yilga kelib Toshkent shahri boʻyicha tabiiy gazdan qarzdorlik koʻrsatkichi oʻtgan yillarga nisbatan 40 foizga kamaygani buning tasdigʻidir.