Poytaxtimizda “Tadbirkorlar maktabi” o'quv markazi ish boshladi

    Markaz joriy yil 21-dekabr kuni “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda “O'zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida ochildi.

    “Tadbirkorlar maktabi” o'quv markazi faoliyati tadbirkorlik subyektlari va manfaatdor aholi vakillarini qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida biznesni zamonaviy asosda tashkil qilishga o'qitish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida yo'lga qo'yildi.

    O'quv markaz bir vaqtning o'zida 40 nafar tinglovchiga mo'ljallangan bo'lib, barcha zaruriy ta'lim vositalari, o'quv qurollari, adabiyotlar bilan ta'minlangan. Mashg'ulotlar zamonaviy o'quv dasturlari va yangi ta'lim metodlari asosida amalga oshiriladi.

    Mutlaqo yangicha tizim asosida, jami 72 soatga mo'ljallangan kurslar 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi.