Xususan, Shayxontohur TTBga poytaxtimizdagi 24-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokor muovini Guli Xoliqova, Bektemir TTBga Mirobod tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi mudiri Zebiniso Umarova, Mirzo Ulugʻbek TTBga “Oʻzavtosanoat” AJga qarashli “CLINIC PRO” TDM bosh shifokori Muyassar Muhammedova, Yakkasaroy TTBga Toshkent shahar 3-sonli klinik shifoxonasi bosh shifokori Dilfuza Muxsimova, Olmazor TTBga Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi Azizbek Nizomov, Uchtepa TTBga32-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori Nigoraxon Saidova, Sergeli TTBga esa 12-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori Tojiboy Yuldashov boshliq etib tayinlandi.
Yangi rahbarlargaoʻz hududlarida, avvalo, tibbiy profilaktika ishlari bilan jiddiyshugʻullanish, oilaviy poliklinikalar ish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholini koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish koʻrsatkichini kamaytirish va jilovlash boʻyichaaniq chora-tadbirlar koʻrish, tashkil etilgan mobil brigadalar va “COVID-19”ga ixtisoslashgan poliklinikalar faoliyatini tubdan takomillashtirish, kasallikda gumon qilingan fuqarolarni oʻz vaqtida roʻyxatga olish va davolashni tashkil qilish, kasallanganlar bilan birlamchi muloqotda boʻlib, karantinga olingan shaxslarni va ularning oila aʼzolarini muntazam tibbiy nazorat qilib borish, “103” tez tibbiy xizmat bilan oilaviy poliklinikalar oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlash kabi qator dolzarb vazifalar yuklatildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi