Poytaxtimizda Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali tantanali ravishda ochildi

    "Tasviriy Oyna" Respublika ijodiy uyushmasi, Toshkent va Samarqand shahar hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, "Ilhom" jamoat fondi, O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.

    14 yildan buyon Oʻzbekiston rassomlari, ixtisoslashtirilgan oʻquv yurtlari oʻzlarining yutuqlari, gʻoyalari va loyihalarini namoyish etish uchun qulay imkoniyatlarga ega boʻladilar.

    2021-yilda oʻtkazilayotgan ushbu festival oʻz loyihalarini biroz oʻzgacha tarzda taqdim etmoqda. Xususan, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining, hamda P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik maktabi loyihalari toʻgʻridan-toʻgʻri taʼlim muassasalarining oʻzida namoyish qilinadi.

    Avvalgi yillarda asosiy vektor badiiy taʼlim muassasalarining turli boʻlimlari ishlariga yoʻnaltirilgan boʻlib, 2019-yilgi festivaldan farqli oʻlaroq, bu yilgi festival birinchi navbatda yoshlar loyihalari bilan birgalikdagi kuratorlarning va Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining ijodiy hamkorlikdagi ishlaridir.

    Shunday qilib, Badiiy koʻrgazmalar direksiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida uzoq kutilgan “Samarqand - Sharq marvaridi” vernisaji ochilishi, hamda Oʻzbekiston rassomlari oʻzlarining - rangtasvir, grafika, amaliy sanʼat asarlarini namoyish etadilar.Shuningdek, Toshkent Fotosuratlar uyida tomoshabinlar “Mening shahrim” loyihasini tomosha qilishlari asnosida, unda ikki ajoyib rassom Rustam Bazarov va Umar Rajabovlar oʻziga xos hazil-mutoyiba va kuzatuvchanliklari orqali bugungi zamonaviy Toshkent qiyofasini va oʻzgarishlarni oʻz palitralari yordamida ochib beradilar.

    Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ijodkor yoshlar bilan ishlash boʻlimi “Ijod nihollari” (rangtasvir, grafika) loyihasini taqdim etmoqda.

    Ikuo Xiroyama Xalqaro madaniyat karvon saroyining bogʻ qismida Toshkent arxitektura-qurilish institutining oʻqituvchilari va ularning talabalari tomonidan zamonaviy landshaft dizaynini yaratadilar.

    Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼat muzeyida Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Niyozali Xolmatovning “Sharq syuitasi” shaxsiy koʻrgazmasi ochiladi, unda ijodkorning miniatyuralaridan tashqari, koʻp qirrali ustaning noyob zargarlik buyumlari va emalga ishlangan asarlari ham namoyish etiladi. Rassomning xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning ishini oilasi, doʻstlari va talabalari davom ettirib kelmoqdalar.

    Anʼanaga koʻra, barcha koʻrgazma zallari va oʻquv muassasalari hududida mahorat darslari, anjumanlar va turli taqdimot marosimlari oʻtkaziladi.

    Gulichehra DURDIYEVA,

    “Yangi Oʻzbekiton” muxbiri