Suratlar muallifi: Hakimjon Yoʻldoshev
“Olmos” mahallasida zamonaviy turar-joy majmualari qurilgandan soʻng mazkur mahallada maktabga katta ehtiyoj paydo boʻldi. Oʻquvchilar tumandagi 23, 255, 282-maktablarga borib oʻqigani bois mazkur taʼlim muassasalarida bolalar soni keskin oshib bordi.
“Zamonaviy maktab” loyihasi asosida barpo etilgan 1 320 oʻringa moʻljallangan yangi maktab barcha qulay sharoitlarga ega. Oʻquv binosidan tashqari zamonaviy sport maydonlari ham qurildi.
Keyingi yillarda maktablarning shaklini oʻzgartirish va zamonaviy qiyofaga keltirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilyapti. Toshkent shahrida bir yilning oʻzida 205 ta (65%) maktabda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Eng quvonarlisi, shu yilning oʻzida Toshkentda yangi 4 ta maktab qurildi.
Maʼlumot uchun: 2021-yilda 205 ta (64 foiz) maktabda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi, jumladan, 21 ta maktabda Investitsiya,
8 ta maktabda “Obod mahalla” dasturi asosida, 176 ta maktabda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.