“Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berishicha, 28-avgust kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:
Bektemir tumani: “Nurliyoʻl” va “Gulbogʻ” MFYlarining ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.