Poytaxtning ayrim tumanlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

    Urbanizatsiya 29 Oktabr 2022 1166

    29-oktyabr kuni Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa” mahallasi hududidan oʻtgan yuqori bosimli gaz quvuriga elektron hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari olib boriladi.

    Shu sababli 2022-yil 29-oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi hududlarda vaqtincha gaz taʼminoti toʻxtatiladi, deya xabar beradi Hududgaz Poytaxt matbuot xizmati.

    Yangihayot tumani:

    — “Yangi Choshtepa” MFYda;

    — “Choshtepa” MFYdaSergeli tumani:

    — “Junariq” MFYda.Chilonzor tumani:

    — “Beshqoʻrgʻon” MFYda.

    Shuningdek, Yangihayot, Sergeli, Chilonzor tumani, Toshkent halqa avtomobil yoʻli koʻchasida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga ulangan 25 ta ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan, Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatilgan.