Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida, quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.
Yunusobod tumani: “Boʻzsuv”, “Mirzo Ulugʻbek”, “Shayh Shivli”, “Bodomzor”, “Firdavsiy” hamda “Yangi Tarnov” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha;
Bektemir tumani: “Nurafshon” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtadi.