Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin Oʻzbekistonga keladi

    Hukumat 9 Sentabr 2024 1652

    Joriy yilning 9-10-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi.

    Bu haqda Bosh vazirning matbuot kotibi maʼlum qildi.

    Tashrif dasturidan Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazish, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa obyektlarga tashrif buyurish koʻzda tutilgan.