Lekin kuni kecha dunyoda yana bir mojarolar oʻchogʻi avj olgani nafaqat Yaqin Sharq, balki mintaqamizga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmaydi. Keskinlashuv davom etsa, pandemiyadan keyin endi-endi tiklanayotgan savdo aloqalari va logistika marshrutlari qiyinlashadi.
“Tinchlik, adolat va inson qadrini ulugʻlashga boʻlgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib borayapti. Shu bois har bir hokim hududidagi, vazirlar esa tarmogʻidagi imkoniyat va xavflarni oldindan koʻra bilib, proaktiv, yaʼni topshiriq kutmasdan, oʻzi tashabbus koʻrsatib ishlashga oʻtishi shart. Eng muhimi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular soʻrayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi boʻlishi zarur”, — dedi davlatimiz rahbari.









