Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

    Joriy yilda mamlakatimizdagi suv omborlarida oʻtgan yilga nisbatan koʻp suv yigʻilgani taʼkidlandi.

    Davlatimiz rahbari bu holat xotirjamlikka berilmaslik lozimligini qayd etdi.

    Dunyoda bir vaqtlar choʻl boʻlgan hududlarda yogʻingarchilik koʻpayib, boshqa joylarda qurgʻoqchilik kengayib borayotgan sharoitda mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kanallarni betonlash boʻyicha tanlangan yoʻl toʻgʻri boʻlgani taʼkidlandi.

    Birgina 550 kilometr kanal va ariqlar betonlangani hisobiga 200 ming gektarda suv yaxshilandi, yiliga 450 million kub metr suv iqtisod boʻlayapti.

    Suv boshqaruvi isloh qilinib, tuman darajasida suvni hisobga olish tizimi shakllandi, fermerlar suvni hisob-kitob qilishni oʻrgandi. Shaffof tizim tufayli bu yil yerga 2 karra koʻp suv bordi, yana 6 milliard kub metr suv hisobi joy-joyiga qoʻyildi.