Jumladan, bu yil 27 ta tuman hokimi investitsiyani 200 million dollardan oshirish rejasini olgan. Masalan, soʻnggi besh yilda Uchkoʻprikda xorijiy investitsiya 10 karra oshib, 100 million dollarga yetdi. Tuman hokimi 2025-yilda buni 200 million dollarga yetkazishni hisob-kitob qilgan.
Lekin 10 ta tuman hokimining rejasi 40 million dollarga ham yetmasligi koʻrsatib oʻtildi. Bular Mirishkor, Koʻkdala, Boyovut, Bandixon, Uzun, Sherobod, Bekobod, Toshkent, Rishton, Gurlan tumanlari.
Mutasaddilarga ushbu tumanlarga yangi loyihalar paketini shakllantirib, kamida 100 million dollarlik rejani tasdiqlash topshirildi.