Лого Лого-пв-уз

    Prezident Abu-Dabiga jo‘nab ketdi

    Hukumat 15 May 2022 1243

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketdi.

    Davlatimiz rahbari 13-may kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgan Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etadi.

    Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat Prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.