Prezident aholi muhofazasiga doir qarorni imzolashi kutilmoqda

    Ijtimoiy hayot 30 Iyun 2020 2246

    Aholini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari belgilanmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e'lon qilindi.

    Hujjat loyihasi bilan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar yuz berganligi oqibatida jabrlangan jismoniy shaxslarning yo'qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarini tiklash uchun tegishli davlat organiga murojaat qilinganda, ularni to'lovlardan ozod qilish ko'zda tutilmoqda.

    To'lovlardan ozod qilinadigan hujjatlar ro'yxatiga quyidagilar kiritilgan:

    • O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, mamlakat hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo'lmagan shaxs va xorijiy fuqaro identifikatsiya ID kartasi;
    • O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
    • Mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxsning xorijga chiqish uchun biometrik harakatlanish hujjati;
    • CHaqiruv uchastkasida qayd etilganlik haqidagi guvohnoma;
    • Haydovchilik guvohnomasi;
    • Nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma va boshqalar.

    Qaror loyihasi bilan to'liq shu erda tanishishingiz mumkin.