Prezident Andijonga joʻnab ketdi

    Hukumat 17 Iyun 2021 2399

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlardagi oʻzgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga joʻnab ketdi.

    Ikki kunlik amaliy tashrif davomida toʻqimachilik, agrosanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.

    “Yangi Andijon” shaharchasi qurilishining boshlanishi tashrifning eng muhim voqealaridan biri boʻladi.