Nuroniylar Allohdan bayram qutlug‘ kelib, hosillar mo‘l, rizqu nasibamiz ko‘p bo‘lishini, yanagi Navro‘zlarga tinchlik-forovonlikda yetkazishini so‘rab duolar qildi.

Davlatimiz rahbari milliy madaniyat markazlari, folklor-enografik jamoalar chiqishlarini kuzatdi. Yosh ijrochilarga doim o‘qish va izlanishda bo‘lish kerakligini ta’kidlab, ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Navro‘z sayillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda, qishloq va mahallalarda davom etmoqda.