— Viloyat, tuman hokimlari odamlarga yer berish masalasini yaxshi tushunib olsa ishsizlik, kambagʻallik keskin kamayadi. Boshqa yoʻl yoʻq. Endi tadbirkorlik uchun yerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va tekinga berish amaliyotidan butunlay voz kechiladi va yerlar hamma uchun bir xil - oshkora, elektron auksion orqali xususiy mulk qilib sotiladi yoki ijaraga beriladi. Biz yerni haqiqiy egasiga – xalqqa bermoqchimiz, - dedi Prezident.

Yangi tartibga koʻra, endilikda tuman va shahar hokimlarining yer ajratish va ularni qaytarib olish bilan bogʻliq barcha vakolatlari bekor qilinadi.

Davlatimiz rahbari paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirib odamlarga yer berish tizimini joriy qilish boʻyicha topshiriq berdi.