Shu joyning oʻzida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma bergandi. Mana, oradan 3 oy vaqt oʻtib, hudud qiyofasi yangicha qiyofa kasb etmoqda. Yangi bino-inshootlar qurilib, aholi ixtiyoriga topshirilmoqda.
Shulardan biri Namangan shahar davlat xizmatlari markazining “Bunyodkor” filialidir. Shinamgina binoda 12 mingdan ortiq aholi 157 turdagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi. Filialning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi, sektor rahbarlari va tegishli idora vakillari ishtirok etib, xalqqa yaqindan xizmat qilishga shaylangan xodimlarga tashakkur aytishdi.
Endi “Bunyodkor” va unga yondosh boʻlgan mahalla ahli 2 ta transportga chiqib, 18 kilometr yoʻl bosib, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shahar markaziga borishlariga chek qoʻyildi. Fuqarolar oʻzlariga qulay vaqtda davlat xizmatlarida koʻrsatilayotgan 157 turdagi xizmatdan oʻz mahallasida foydalanishi mumkin.
Hozirga qadar mazkur filial xizmatlaridan 600 nafar fuqaro foydalanishiga ulgurdi. Koʻrinib turibdiki, davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolarning uzogʻi yaqin, mushkuli oson boʻlishiga xizmat qilayotir.
Foziljon JOʻRABOYEV,
DXA Namangan viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari.