25 Apr 2025
04:32

    Prezident bugun Andijon viloyatiga boradi

    Bugun, 15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.

    Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, tashrif davomida yangi korxonalar faoliyati, sanoat, energetika, shaharsozlik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, joylardagi qurilish va bunyodkorlikni koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.

    Shuningdek, davlat rahbari hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech