Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:
- PDXX faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, qoʻriqlanadigan obyektlarni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish va boshqalar.
- Qoʻriqlanadigan shaxslar doirasi:
-
-
- prezident va uning oila aʼzolari, sobiq prezident va uning butun hayoti davrida oila aʼzolari, prezident vazifalarini va vakolatlarini bajaruvchi shaxs;
- bitimlarga muvofiq chet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va boshqa shaxslar.
-
- PDXX huquqiy maqomiga koʻra qoʻriqlanadigan shaxslar va obyektlar xavfsizligini taʼminlaydigan, shuningdek qoʻriqlanadigan shaxslar va obyektlarning xavfsizligi masalalari boʻyicha jalb qilingan davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, ularning hamkorligini hamda tezkor boshqaruvini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir. Bevosita prezidentga boʻysunadi va unga hisobdordir.
Qonunning qabul qilinishi PDXX faoliyatini tashkil etishning shaffof huquqiy bazasini yaratadi, shuningdek PDXX bilan oʻzaro munosabatlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi.