баннер
26 Apr 2025
10:18

    Toʻqimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat kabi sohalarda imkoniyatlar toʻliq ishga solinmayotgani aytildi

    Yigʻilishda ichki bozor bilan cheklanmasdan, eksportni yanada koʻpaytirish muhimligi qayd etildi.

    Salohiyati yuqori boʻlgan toʻqimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat kabi sohalarda imkoniyatlar toʻliq ishlatilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

    Hozirda ip-kalavani qayta ishlash darajasi 50 foiz boʻlsa, xom ipakda – 75 foiz, misda – 64 foiz, meva-sabzavotda esa 16 foizni tashkil qilmoqda.

    Mamlakatimizdagi 1 mingga yaqin konlarda 100 dan ortiq turdagi mineral xomashyo bazasi mavjud. Tasdiqlangan zaxiralar qariyb 1 trillion dollarga baholangan.

    Yildan yilga qazib olish koʻpaymoqda. Lekin sanoatda yuqori texnologik ishlab chiqarish ulushi 25 foiz.

    Shu bois Prezidentimiz xomashyoni chuqur qayta ishlab, yuqori qoʻshilgan qiymat va eksportni keskin oshirishga chaqirdi.

    Mutasaddilarga tarmoqlar bilan birgalikda har bir xomashyo kesimida chuqur qayta ishlash va yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha besh yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech