Prezident eʼtiborni kreativ sohalarga qaratish lozimligini taʼkidladi

    «Biz endi 37 millionlik katta xalqmiz. Oʻzbekiston hozirgi kunda aholi soni boʻyicha jahondagi eng yirik 40 ta davlatdan biri hisoblanadi.

    Bu raqamni islohotlarimiz, mehnatimiz, bilim va qobiliyatimiz bilan katta salohiyatga aylantirishimiz kerak.

    Dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklanganini inobatga olib, eʼtiborimizni kreativ sohalarga qaratishimiz, ularni jadal rivojlantirishimiz zarur. Jahonda kreativ sanoat mahsulotlari eksportidan yiliga milliardlab dollar daromad topayotgan mamlakatlar koʻp.

    Binobarin, shunday mahsulot ishlab chiqarishga bel bogʻlagan ijodkor ishbilarmonlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni har tomonlama ragʻbatlantiramiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.