27-yanvar kuni birichni sud majlisida Firdavs Abduxoliqov ishtirok etib, koʻrsatma bergan. Shundan keyin sud ishni koʻrish boʻyicha 31-yanvargacha tanaffus eʼlon qilgan, lekin shu kuni Abduxoliqov sudga ariza bilan murojaat qilib, ishni koʻrishni boshqa kunga qoldirishni soʻragan.

Mazkur ish sudda koʻrilayotgani haqida OAV va jamoatchilikka sud majlisi oʻtib boʻlganidan keyin xabar berildi. Vaholanki, Prezidentning ochiqlikka oid farmoniga binoan, 2021-yil 1-dekabrdan boshlab davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid ishlar boʻyicha sud majlislari telekanallar va internetda jonli efirga uzatilishi kerak edi, deb yozadi Pressuzb telegram kanali.