Prezident maktablariga qabul 1-iyundan boshlandi

    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Prezident hamda ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanishini eʼlon qildi.

    Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar davom etib, onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

    Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

    Talabgorlardan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi, fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan), ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi hamda baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). talab etiladi.

    Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.