Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari gʻoliblari aniqlandi

    Ta'lim 22 Dekabr 2022 3764

    2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib koʻrildi.

    Roʻyxat quyidagi ilovalarda:

    Prezident davlat stipendiyasi — 72 nafar;

    Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi — 100 nafar;

    Navoiy nomli davlat stipendiyasi — 234 nafar;

    Beruniy nomli davlat stipendiyasi — 95 nafar;

    Ulugʻbek nomli davlat stipendiyasi — 26 nafar;

    Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi — 22 nafar;

    Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi — 3 nafar;

    Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi — 8 nafar;

    Toʻlepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi — 6 nafar.

    Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

    Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.