Lekin ayrim loyihalar bo'yicha ishlar sust ketayotgani ko'rsatib o'tildi.
Masalan, Namangan, Andijon, Toshkent, Xorazm, Farg'ona viloyatlari va poytaxtdagi loyihalarga haligacha er tanlanmagan. Sirdaryo va Jizzaxda xorijiy hamkorlarga birorta loyiha taklif qilinmagan.
Shu bilan birga, ishlar to'g'ri tashkil etilgan hududlarda natija bor. Masalan, xorijiy investorlar Shahrisabz tumani G'elon va Sarchashma qishloqlari orasida 3 ming gektarlik tog'-chang'i kompleksini tashkil qilish, Miraki qishlog'ida turizm zonasini barpo etish ishlari boshlandi.
Iqlimi, tabiati SHahrisabzga o'xshash bo'lgan Ohangaron, Urgut, Yangiqo'rg'on, Pop, Chortoq, Baxmal tumanlari hokimlarida bu borada birorta tashabbus yo'qligi tanqid qilindi.