Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, Milliy dastur Prezident Farmonida nazarda tutilgan “Yorqin isteʼdod” loyihasini qamrab oladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

  • saralab olingan oʻquvchilar Agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10–11-sinfda taʼlim olish davrida ular uchun qoʻshimcha oʻqish tashkil etiladi.

Milliy dasturni amalga oshirish doirasida quyidagi ragʻbatlantirishlar qoʻllanadi:

  • Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat (Maktab) ning 10-sinf oʻquvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan va eng yaxshi koʻrsatkichga ega 40 nafar oʻquvchiga dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli oʻquv dasturlarida har yili 1 marotaba qatnashish;
  • Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan oʻquvchilarning xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akademik reytingning eng ilgʻor 100 ta oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish xarajatlarini belgilangan tartibda qoplash;

maktab maslahatchilarini ularga biriktirilgan oʻquvchilarning oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilinishiga qarab, mazkur Farmonga muvofiq bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash.