Birinchi yoʻnalish – ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʻtishni taklif qilaman.
Nima uchun soʻzni aynan shu yoʻnalishdagi islohotdan boshlayapman?
Old́inlari eʼtibordan chetda qolib, “yoʻq boʻlib ketish” arafasida boʻlgan sohalarni “oyoqqa turgʻizish” uchun, olti yil davomida yangi vazirlik va idoralarni tashkil qilishga toʻgʻri keldi. Buni qilishga majbur edik, aks holda hozirgi yutuqlarimiz boʻlmas edi.
Maktabgacha taʼlim, uy-joy kommunal, mahallabay ishlash, investitsiya, davlat xizmatlari, davlat-xususiy sheriklik sohalarida katta natijalarga erishdik.
Xususiy sektor va tadbirkorlikning rivojlanishi ortga qaytmas jarayonga aylandi.
Aholimizning faolligi, zamonaviy texnologiya va kasb-hunarlarga intilishi oshib bormoqda.
Kundan-kunga iqtisodiyotimizda yangi-yangi yoʻnalish va sohalar yaratilmoqda.
Bu borada, xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida, endi “qoʻl boshqaruvi”dan – aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga oʻtish vaqti keldi», — Prezident.