Davlatimiz rahbari oʻz maktubida yangi bosh direktor rahbarligida ushbu tashkilotning oʻrni va nufuzini oshirish borasidagi samarali islohotlar amalga oshirilishi hamda global inqirozni bartaraf etish va xalqaro savdo munosabatlari tizimini yana-da rivojlantirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilishiga ishonch bildirdi.

Mamlakatimiz tez fursatda JSTga aʼzo boʻlishi masalasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani alohida taʼkidlandi.