Korrupsiyaga yoʻl qoʻyish esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarshi kurashish boʻyicha 2026-yilda “favqulodda holat” eʼlon qilamiz», – dedi davlatimiz rahbari.

Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga masʼul oʻrinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablagʻi talon-toroj boʻlishi va mansabni suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish boʻyicha taʼsirchan nazorat oʻrnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.

«Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi», deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir soʻz bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi.
Komplayens xizmatining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda boʻladi», — dedi davlatimiz rahbari.