Maʼlum qilinishicha, oʻtgan 2 yilda sohaning 100 ga yaqin mansabdor shaxslari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan.
Prezident ularning ayrimlarini sanab oʻtdi.
Jumladan, Andijon uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi rahbarlari 240 million soʻm, Namangan “Taʼmirlash tiklash xizmati” korxonasi mansabdorlari 250 million soʻm byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan, Surxondaryo Suv taʼminoti boshqarmasi xodimlari 540 million soʻm mablagʻlarni oʻzlashtirib yuborgan.