Davron Hidoyatov 1-sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻalarini topshirdi

    Salom maktab, nurli ostonam!

    Yangi oʻquv yili munosabati bilan Nurafshon shahridagi 57-umumtaʼlim maktabda, “Birinchi qoʻngʻiroq” sadolari ostida tantanali bayram tadbirlari boshlandi.

    Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Azamat Kamolov, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zuxra Mirgaziyeva ishtirok etib, barcha oʻquvchi yoshlarni istiqlolimizning muborak 30 yiligi hamda yangi oʻquv yili bilan samimiy muborakbod etdi.

    Jajjigina yurakchalari bir olam quvonchga toʻlgan bolajonlarimizning ilk marotoba birinchi sinfga qadam qoʻyishi ularning qalbiga bir olam zavq va shavq bagʻishladi.

    Soʻzga chiqqanlar, maktab ostonasiga endigina qadam qoʻygan va birinchi sinfga qabul qilingan oʻgʻil-qizlarni alohida qutlashdi va Nurafshon shahrida ham “Prezident maktabi” ishga tushirilayotgani bu esa, viloyatda yoshlarga taʼlim berish sifatini yanada oshirish borasidagi saʼy-harakatlarning yorqin ifodasi ekanligi taʼkidlandi.

    Shundan soʻng bolajonlar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

    Gulichehra DURDIYEVA