Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochiladi

    Nogironligi boʻlgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

    Jumladan, chet tili boʻyicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qoʻlda yozish imkoniyati boʻlmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.

    Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy koʻnikmalar kam boʻlgani uchun pastroq ball olayapti.

    Endi, Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik koʻradi.