Prezident maktablariga o‘quvchilar bu yil qabul qilinmaydi

    Ta'lim 17 Iyun 2020 3539

    Bugungi kunda yuzaga kelgan pandemiya vaziyatidan kelib chiqib, karantin davrida yosh avlod sog‘ligini asrash, pandemiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda voyaga etmagan o‘quvchilarning katta sig‘imli binolarda, saralash imtihonlari vaqtida uzoq vaqt qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi sabab joriy yilda Prezident maktablariga qabul bo‘lmaydi. Bu haqda Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar qilindi.

    — Pandemiya paytida, shuningdek, xorijiy hamkorimiz – Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining mamlakatimizga karantin davrida tashrifini belgilangan sanalarda tashkil etish imkoni yo‘qligi sababli istisno tariqasida joriy yilda Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilda o‘tkaziladi, — dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Sarvar Babaxodjayev.

    Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida faoliyat yuritayotgan Prezident maktablariga 2020/2021 o‘quv yiliga o‘quvchilarni beshinchi sinflarga qabul qilish imtihonlari 2021 yilga qoldirilib, 2021/2022 o‘quv yilida o‘quvchilar beshinchi va oltinchi sinflarga qabul qilinadi.