Bu haqida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, arizalar 14 iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz platformalari orqali qabul qilinadi.
Prezident maktablariga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- oʻquvchining soʻnggi ikki oy ichida tushgan fotosurati;
- tugʻilganlik haqidagi guvohnoma;
- tegishli oʻquv yili yakunlari boʻyicha baholar tabelining maktab direktori tasdiqlagan nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabel;
- ota-onasi yoki qonuniy vakilining fuqarolik pasporti maʼlumotlari;
- bogʻlanish uchun telefon raqamlari.
Qabul jarayonlari belgilangan muddat davomida faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.