Muloqot jarayonida oʻzini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari deb tanishtirib, foydalanuvchilar bilan yozishmalar olib borgan. Tarmoq foydalanuvchilariga turli masalalarda, ayniqsa, uy-joy va bank kreditlari ajratish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilishini vaʼda qilib, aldab fuqarolardan 50 ming soʻmdan 1,5 mln. soʻmgacha boʻlgan pul mablagʻlarini bank plastik kartasiga tushirgan holda oʻzlashtirib, firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Olingan tezkor maʼlumotlar natijasida, 2021-yil 5-fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida tezkor-texnik qidiruv tadbirlari oʻtkazilib, ushbu noqonuniy harakatlarni Chirchiq shahar 3-kichik tumanida vaqtincha yashovchi 1982-y.t., M.M. sodir etganligi aniqlanib, telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Fuqaro M.M. ga nisbatan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Tezkor – qidiruv hamkorligi boshqarmasi