Qutlovda taʼkidlanganidek, saralash bosqichlarida ishtirok etgan 100 mingdan ziyod yoshlar orasidan finalgacha yetib kelgan qariyb 3 ming nafar eng iqtidorli sportchilarimizning bellashuvlarini butun xalqimiz katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdi. Erishilgan gʻalabalar, rekord natijalar Yangi Oʻzbekistonda yuksak salohiyatli olimpiya zaxiralari yetishib kelayotganidan dalolat beradi.
Yosh chempionlarimiz namoyish etgan iroda va mahorat kelgusida Oʻzbekiston bayrogʻini jahon arenalarida yanada baland koʻtarishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Tabrikda saralash va final bosqichlarini yuksak darajada tashkil etgan hududlar rahbarlari, vazirlik va idoralar, sport federatsiyalari, oʻquv muassasalari jamoalari, volontyorlar va sport muxlislariga minnatdorlik izhor etildi.
Prezidentimiz qutlovida sportchilarga kelgusi musobaqalarda yanada yorqin gʻalaba va natijalar tiladilar.











