Davlatimiz rahbari Samarqandga jo‘nab ketdi

    Siyosat 25 Avgust 2025 2460

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga jo‘nab ketdi.

    25-26-avgust kunlari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

    Samarqandda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.