Ona tilimiz – bizni asrlar davomida yagona xalq sifatida birlashtirib, tarixiy xotiramiz, milliy qadriyatlarimizni avloddan avlodga bezavol yetkazib kelayotgan bebaho boyligimiz ekani taʼkidlandi.
“Bundan keyin ham ona tilimizni qadrlash, rivojlantirish borasidagi ishlarimizni qatʼiy davom ettiramiz”, — dedi Prezident.
Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda ona tilimiz rivojiga alohida urgʻu berilayotgan bejizmasligi, ona tabiatimiz, hovlimiz, mahallamiz, shahar va qishloqlarimizdagi gullar, daraxtlar, yashil maysalar singari ona tilimiz ham har kuni, har daqiqada gʻamxoʻrlikni talab etishi taʼkidlandi.