Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

    Hukumat 23 Mart 2023 1557

    Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

    Oxirgi ikki yilda jahonda oziq-ovqat inflyatsiyasi yiliga 15-20 foizdan pasaymayotgani, oʻsimlik yogʻi, sut va goʻshtning jahon narxi soʻnggi 30 yildagi, don mahsulotlari va shakar esa soʻnggi 10 yildagi eng yuqori darajaga koʻtarilgani qayd etildi.

    Eksport-importda logistika, oʻgʻit va yoqilgʻi xarajatlari oshib ketgani ham oziq-ovqat narxlariga oʻz taʼsirini koʻrsatayapti. Tahlillarga koʻra, bu holat 2023-yilda ham, kelgusi yillarda ham saqlanib qoladi.

    Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga 200 ming gektar yer ajratilgani, 500 ming gektar qoʻshimcha yerlar oborotga kiritilgani ichki bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish va eksportni koʻpaytirishga xizmat qilmoqda.

    - Lekin, aholimiz soni oʻsib borayotgani, jahondagi nobarqaror vaziyat, logistikadagi uzilishlar oziq-ovqatni koʻpaytirish boʻyicha oldimizga yanada katta vazifalarni qoʻymoqda, - dedi davlatimiz rahbari.

    Shu munosabat bilan viloyat, tuman hokimlari oziq-ovqatni koʻpaytirish, odamlarni band qilish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarni izlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.