Prezident Samarqandga jo‘nab ketdi

    Hukumat 24 Avgust 2023 4812

    Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning joylardagi ijrosi, aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Samarqandga jo‘nab ketdi.

    Tashrif davomida ta’lim maskanlaridagi sharoitlar, yangi inshootlar, sanoat korxonalari va xizmat ko‘rsatish loyihalari ko‘zdan kechiriladi.

    Mutasaddilar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.