Prezident: sanoat tarmoqlari orasida eng koʻp ish oʻrinlari yaratgan soha bu – toʻqimachilik sanoati

    Prezident bugungi kunda toʻqimachilik tarmogʻidagi 6 mingdan ziyod korxona 570 ming aholini doimiy ish bilan taʼminlayotganiga eʼtibor qaratdi.

    Yaʼni, sanoat tarmoqlari orasida eng koʻp ish oʻrinlari yaratgan ham, eng koʻp aholini band qilib turgan soha ham bu – toʻqimachilik sanoati.

    Davlat rahbarining topshirigʻiga asosan toʻqimachilikning barcha yoʻnalishlaridagi tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularni oʻylantirayotgan masalalar oʻrganildi va yechimlar ishlab chiqildi.

    Yuzdan ziyod tadbirkor taklif qilingan yigʻilishda ushbu masalalar tahlil qilinib va yangi chora-tadbirlar koʻrib chiqildi.