Davlatimiz rahbari yurtimizga katta sarmoya kiritayotgan va eng ilgʻor texnologiyalarni olib kelayotgan hamkor mamlakatlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Saudiyaning «ACWA Power», Turkiyaning «AKSA», «Cengiz Enerji», Amirliklarning «Masdar», Xitoyning «China Energy», «Datang», «Sinoma», «Poly», «CNTIC», «Eagle Rise», Fransiyaning «EDF», «Voltalia», «Total Energies», Germaniyaning «Siemens Energy» va Qatarning «Nebras» kompaniyalariga, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa moliya institutlari vakillariga chuqur tashakkur izhor etildi.









