Prezident sayloviga qancha pul ajratilishi maʼlum boʻldi

    Saylov 16 Iyun 2021 2052

    Markaziy saylov komissiyasi oktyabrdagi prezident saylovi Xarajatlar smetasini — 300 mlrd soʻm etib tasdiqladi.

    Bu haqda MSK matbuot xizmatiga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Unga koʻra, siyosiy partiyalar koʻrsatgan nomzodlarning tashviqot va targʻiboti uchun 15 mlrd 486 mln soʻm, har bir nomzodga esa — 3 mlrd 97 mln soʻmdan ajratiladi.

    Saylov jarayonida koronavirusga qarshi kurash uchun 11,5 mlrd soʻm sarflash rejalashtirilgan.

    Yigʻilishda saylov uchun ajratilgan mablagʻlarning aniq va manzilli sarflanishi nazorat qilib borilishi va saylov yakunida iqtisod qilingan mablagʻlar davlat byudjetiga qaytarilishi taʼkidlangan.