Prezident Seulga joʻnab ketdi

    Hukumat 16 Dekabr 2021 3009

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 16-dekabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, Seul shahrida oliy darajada uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish, Janubiy Koreya parlamenti rahbariyati va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashish koʻzda tutilgan.

    Kun tartibidan Oʻzbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini va koʻp qirrali hamkorligini, eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy soha kabi ustuvor yoʻnalishlarda yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan.