“Shaharning barcha koʻchalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak”, – dedi davlatimiz rahbari.
Dastur doirasida 150 kilometr yopiq drenaj tizimini qurish, 197 kilometr kanal va kollektorlarni taʼmirlash, 63 kilometr yangi kanallar barpo qilib, shaharda salqin mikroiqlim yaratish rejalashtirilgan.
Yomgʻir suvini yigʻadigan 17 ta inshoot barpo qilinadi. Bu suvlar daraxt va yashil hududlarni sugʻorishga ishlatiladi.
Poytaxtning barcha kommunal tashkilotlari va favqulodda xizmatlar tunu kun ishlashga oʻtib, avariyaviy holatlarning oldini olish va tezlik bilan bartaraf etish bilan shugʻullanishi, jamoat xavfsizligini taʼminlash ishlarini kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.









