Jumladan:
- global beqarorlik sharoitida MDH formati barqaror va zarur tuzilma sifatida oʻzini namoyon etayotganini taʼkidlab, eʼtiborni hamkorlikning amaliy yoʻnalishlariga qaratishni taklif qildi;
- barcha transport turlari bilan integratsiyalashgan axborot-logistika markazlarini yaratish hamda transport sohasida davlat-xususiy sheriklik masalalari boʻyicha MDH mamlakatlari konferensiyasini Oʻzbekistonda oʻtkazish tashabbusini ilgari surdi;
- maxsus iqtisodiy zonalarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tayyorlashni, shuningdek, MDH Venchur platformasini yaratish orqali startaplar va innovatsiyalarni ilgari surishni taklif qildi;
- Oʻzbekiston Toshkent shahrida “INNOPROM” koʻrgazmasi doirasida MDH innovatsion sanoat forumini oʻtkazishga tayyorligini maʼlum qildi;
- MDH energetika sektorini innovatsion rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va anʼanaviy hamda “yashil” energetika boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi;
- Raqamlashtirish va sunʼiy intellekt sohasida koʻp tomonlama amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, fan, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi;
- Diplomlarni oʻzaro tan olish boʻyicha yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash, shuningdek, Xiva shahrida MDH Yoshlar forumini oʻtkazib, Yoshlar innovatsiya laboratoriyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi;
- xavfsizlik masalalariga toʻxtalib, MDH mamlakatlari tashqi siyosat idoralari va maxsus xizmatlar oʻrtasida muvofiqlashtiruvni kuchaytirish, shuningdek, Afgʻonistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratib, ushbu mamlakatdagi infratuzilma loyihalarida birgalikda ishtirok etishni taklif qildi.








