Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, masʼul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʻun holda oʻtkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.