Maktubda Oʻzbekistonda oʻzbek va turkman xalqlari oʻrtasidagi birodarlik va doʻstlik poydevorini yaratishga ulkan hissa qoʻshgan buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiyning 300-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida qabul qilingan qaror uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirilgan.

Oʻzbekistonda Maxtumquli Firogʻiyning 300-yillik yubileyi keng nishonlanishi xalqlarimiz va davlatlarimiz oʻrtasidagi birodarlik rishtalarining buzilmasligi, tarixiy taqdirlari mushtarakligi, yakdilligimiz va hamisha birga boʻlishga tayyorligimizning navbatdagi tasdigʻi boʻlishiga ishonch bildirilgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston Prezidentiga mustahkam sogʻliq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.