Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliqqa tashrif buyurdi

    Hukumat 22 Dekabr 2021 3270

    Bugun Shavkat Mirziyoyev Olmaliqqa tashrif buyurib, OKMKda “Yoshlik 1” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

    Loyiha qiymati 5 mlrd . 122 mln. dollarni, kon hududi 11 ming gektarni tashkil etadi.

    Loyiha quyidagi 2 bosqichda rejalashtirilmoqda:

    I bosqich – 2021-2025-yillarda 290 ming tonna mis katodi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumush;

    II bosqich – 2024-2028-yillarda 400 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush metallari ishlab chiqarishga erishiladi.